Tanishuv

Kafedra haqida

Biznes boshqaruvi va logistika kafedrasining shakllanish tarixi, missiyasi va ustuvor maqsadlari.

Kafedra tarixi

Tashkil etilishi va rivojlanish bosqichlari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) tarkibidagi “Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tashqi iqtisodiy faoliyatini jadallashtirish, xalqaro transport koridorlaridan samarali foydalanish hamda logistika va ta’minot zanjirlarini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish maqsadida tashkil topgan.

Kafedra o‘z faoliyati davomida zamon talablari va iqtisodiyot rivojlanish bosqichlariga hamohang ravishda qayta nomlanib borgan (jumladan, “Bojxona va logistika”, “Logistika va infratuzilmani rivojlantirish” yo‘nalishlari). 2020-yil aprel oyidan boshlab kafedra zamonaviy bozor boshqaruvi va logistika sohasining integratsiyalashgan modeli sifatida “Biznes boshqaruvi va logistika” nomi ostida faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda kafedrada 59 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan 11 nafari Fan doktori (DSc), 32 nafari Falsafa doktori (PhD) va fan nomzodlari bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 72% dan ortiqni tashkil etadi.

Kafedra missiyasi

Xalqaro maydonda raqobatbardosh, korporativ va davlat sektorida strategik boshqaruv hamda ta’minot zanjiri boshqaruvini mukammal egallagan, kreativ va tashabbuskor yetakchi mutaxassislarni tayyorlash.

Strategik maqsadimiz

Markaziy Osiyoda biznes boshqaruvi va logistika bo‘yicha ilg‘or ta’lim va ilmiy-tadqiqot markaziga aylanish hamda xorijiy nufuzli universitetlar bilan qo‘shma dasturlarni kengaytirish.

Infratuzilma

Moddiy-texnik baza

Raqamli auditoriyalar

Smart-doskalar va interaktiv texnologiyalar bilan jihozlangan 6 ta zamonaviy dars xonasi.

Logistika simulyatori

Ta'minot zanjiri va yuk tashish marshrutlarini loyihalash bo‘yicha amaliy dasturlar.

Kafedra kutubxonasi

Xalqaro Scopus va Springer bazalaridagi so‘nggi monografiyalar va darsliklar zaxirasi.