Hurmatli talabalar, aziz ota-onalar va qadrli hamkorlar!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasi sahifasiga xush kelibsiz!
Kafedramizning bosh maqsadi — zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob beradigan, strategik fikrlaydigan, biznes jarayonlarini tizimli boshqaruvchi hamda ta’minot zanjirining murakkab logistik modellarini samarali yo‘lga qo‘ya oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda transport-logistika infratuzilmasi va biznes muhiti shiddat bilan rivojlanmoqda. Bizning ta’lim dasturlarimiz orqali talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda strategik rejalashtirish, xalqaro logistika, operatsion boshqaruv, bojxona rasmiylashtiruvi va raqamli ta’minot zanjirlari bo‘yicha chuqur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.
Biz barcha izlanuvchan yoshlarni kafedramiz bilan birgalikda muvaffaqiyatli kelajakni barpo etishga chorlaymiz!
Boshqaruvda aniqlik, logistikada tezkorlik — bizning shiorimiz!