Barcha yangiliklarga qaytish
Ta’lim 2026-10-10 · 240 marta ko‘rildi

Kafedrada yetakchi logistika kompaniyalari rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Kafedrada yetakchi logistika kompaniyalari rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

TDIU “Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasida talabalarning amaliyot bazalarini kengaytirish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir doirasida ta’kidlanganidek, 2026–2027-o‘quv yilida kafedra talabalarining amaliyot o‘tash jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, career.edu.uz elektron platformasi orqali yetakchi kompaniyalarda tashkil etiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga zamonaviy uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy tadqiqot mavzulari hamda xalqaro logistika kompaniyalarida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar bo‘yicha qo‘shimcha mahorat darslari rejalashtirilgan.